Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng qarzdor ota uch nafar farzandlariga hisoblangan 6 yillik aliment puli o‘rniga uy-joyni notarial idora orqali rasmiylashtirib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Nizom va Maktabgacha ta’lim vazirligining tanlov komissiyasining 2019 yil 16 avgustdagi 2-sonli yig‘ilish bayoni asosida g‘olib deb topilgan.

Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qaroriga asosan hamda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son qaroriga asosan viloyatda davlat-xususiy sheriklikni xalq taʼlimi sohasiga tatbiq etish bo‘yicha 2019-yilda Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan 32-sonli umum taʼlim maktabi negizida davlat-xususiy sheriklik asosida 200 o‘rinli, loyiha qiymati 1 500,0 mln.so‘m “Erkin qurilish dizayn” MCHJ bilan hamda Norin tumanida joylashgan 39-sonli umum taʼlim maktabi negizida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli, loyiha qiymati 5 051,0 mln. so‘mlik “Yulduzlar maydonchasi” NTM bilan uch tomonlama bitimlar imzolangan.

13-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan.

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida joriy yil 1-yanvardan boshlab Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarma boshliqlari va tuman-shahar bo‘limi boshliqlari o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga har yarim yilda hisobot taqdim etib borishi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi. Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan o‘tgan 5 oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdik.

Uychi tumanidagi Guliston mahallasida tuyaqushchilikka ixtisoslashgan butun boshli ferma vujudga keldi.

Mamlakatmizda ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan fuqarolar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.